| Toshkent, O‘zbekiston

“Air Products Uzbekistan” va AQShning Toshkentdagi elchixonasi Qarshi shahrida “Makerspace” ochmoqda

ОАВ учун контактлар

“Air Products” kompaniyasi va AQSh elchixonasi Qarshi shahrida eng zamonaviy “Makerspace” tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolaganini faxr bilan e’lon qiladi. 26-noyabr, seshanba kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik va “Air Products” kompaniyasining Markaziy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Vatslav Harant ushbu yangi davlat-xususiy sheriklik loyihasini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan memorandumni rasman imzoladilar. Mazkur hamkorlik ta'lim infratuzilmasini yaxshilash va yosh iste'dodlarni tarbiyalashni ko’zda tutadi.

Ushbu “Makerspace” ochilishi Qarshidagi yoshlarning fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematika (STEAM) boʻyicha malakalarini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadamdir. Unda o’quvchi va talabalarga yangi bilim olishlari hamda foydali, amaliy tajribaga ega bo'lishlari uchun yaxshi jihozlangan muhit yaratiladi.

“Air Products”ning sanoat loyihalari, jumladan Qarshi shahridagi “Uzbekistan GTL” kompaniyasiga kiritgan asosiy sarmoyasi muhim iqtisodiy va texnologik hissa bo‘lib xizmat qiladi. Qarshidagi “Makerspace” uchun kiritilgan sarmoya esa “Air Products” kompaniyasining jamiyat rivojlanishini qo'llab-quvvatlash haqidagi qarashlarini yaqqol o’zida ifodalaydi. “Air Products”ning O‘zbekistondagi eng muhim manzili bo‘lgan Qarshi shahri nafaqat bozor uchun ko‘proq malakali mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi, balki ularning sanoat-gaz sektoridagi ish imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oshiradi hamda mehnat bozoriga ishonch va muvaffaqiyat bilan kirish imkonini beradi.

AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Henik memorandumni imzolash chogʻida shunday dedi: “Biz “Air Products Uzbekistan” kompaniyasi bilan ushbu loyiha boʻyicha hamkorlik qilishdan mamnunmiz. “Makerspace” oʻzbekistonlik yoshlarga jahon iqtisodiyotida muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur boʻlgan taʼlim va vositalarni taqdim etadi hamda mamlakatlarimiz aholisi oʻrtasida mustahkam aloqalarni oʻrnatadi”.

Qarshidagi “Makerspace” Yangi Oʻzbekistonning strategik qarashlariga mos keladi, u bilimga asoslangan iqtisodiy imkoniyatlar yaratish, iqtidorli yoshlar oʻrtasida innovatsiyalar, ijodkorlik va texnik koʻnikmalarni ragʻbatlantirish, ularning jadal o’sib borayotgan texnologiya sohasida rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlariga hissa qoʻshadi.

“Air Products” kompaniyasining Markaziy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Vatslav Harant shunday dedi: “Biz Oʻzbekistondagi iqtidorli yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga bevosita sarmoya kiritib, ushbu tashabbusni boshlaganimizdan xursandmiz. Birgalikdagi saʼy-harakatlarimizning dastlabki natijalarini koʻrishni intiqlik bilan kutamiz”.

“Makerspace” hamkorlikda ijod qilish, o‘rganish, tadqiqot olib borish va bo’lishish uchun maydonga aylanadi. U bolalar, kattalar va tadbirkorlar uchun ochiq hamda turli uskunalar, jumladan, 3D printerlar, lazerli kesgichlar, kompyuterlar va boshqalarga ega bo'ladi. U yangi narsalar o'rganish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalariga ega bo’lishda yordam beradi, ishtirokchilar unda elektronika, 3D-dizayn va modellashtirish, kodlash, robototexnika va hatto yog'ochga ishlov berishni o'rganadilar. O'qituvchilar va xodimlar o'quvchilarni yangi vazifalarga yo'naltirishlari mumkin; shuningdek, unda individual va guruh loyihalari uchun ochiq soatlar bo'ladi. Qarshidagi “Makerspace” 2024/2025-yil qishda ochilishi kutilmoqda.

O’zbekistondagi “American Spaces” u yerda tashrif buyuruvchilarga dasturlar va ma'ruzalar, shuningdek, kitoblar, filmlar va jurnallar orqali Amerika Qo'shma Shtatlari haqida ma'lumot olish va bog'lanishday mehmondo'st muhitni taqdim etadi. Ular 140 dan ortiq mamlakatdagi universitetlar, kutubxonalar, elchixonalar va boshqa jamoat joylaridagi 600 dan ortiq “American Spaces” yirik tarmog'ining bir qismi bo’ladi. AQSh elchixonasi hozirda O‘zbekistondagi uchta “American Spaces”ni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularda Qo‘shma Shtatlarda o‘qishni xohlovchilar uchun ta’lim bo‘yicha bepul maslahatlar, ingliz tili o‘rganish suhbat klublari va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 21-asrning raqamli ko'nikmalari va akademik resurslar taqdim etiladi. “American Spaces”, shuningdek, tadbirkorlik, volontyorlik, yetakchilik va boshqalar bo'yicha seminarlar taklif qiladi. AQSh elchixonasi yoshlarni ta’lim va martaba imkoniyatlariga tayyorlashda “Air Products” kabi xususiy korporatsiyalar bilan hamkorlik qilishdan mamnundir. “Air Products” ko'magida ishtirokchilar 21-asrda zarur sanalgan ish ko'nikmalariga ega bo'ladilar va yangi texnologiyalar bilan tanishadilar.
 



“Air Products” kompaniyasi haqida

"Air Products" (NYSE:APD) 80 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan, toza kelajak yaratish maqsadida energiya, atrof-muhit va rivojlanayotgan bozorlarda xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan dunyodagi yetakchi sanoat gaz kompaniyasidir. “Air Products” kompaniyasining asosiy biznesi sanoatning o'nlab sohalarida, jumladan, qayta ishlash, kimyo, metallar, elektronika, ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoatida mijozlarga muhim sanoat gazlari, tegishli asbob-uskunalar va ilovalar bo'yicha ekspertizalarni taqdim etadi. Kompaniya, shuningdek, og'ir yuk tashish va sanoat tarmoqlarida past va nol uglerodli energiyaga o'tishni qo'llab-quvvatlovchi dunyodagi eng yirik toza vodorod loyihalarini ishlab chiqadi, muhandislik qiladi, quradi, ega chiqadi va boshqaradi. Kompaniya uskunalar biznesini sotish orqali butun dunyo bo'ylab turbomashinalar, membrana tizimlari va kriogen konteynerlarni taqdim etadi.

Kompaniya 2024-moliyaviy yilda 50 ga yaqin mamlakatda 12,1 milliard dollarlik mahsulot sotgan, uning joriy bozordagi kapitali taxminan 65 milliard dollarga teng. Kelib chiqishi turlicha bo’lgan 23 000 ga yaqin ishtiyoqli, iqtidorli va sodiq xodim “Air Products” kompaniyasining atrof-muhitga foyda keltiradigan innovatsion yechimlarni yaratish, barqarorlikni oshirish hamda mijozlar, hamjamiyat va dunyo oldida turgan muammolarni hal qilish yo’lida xizmat qilmoqda. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun https://www.airproducts.uz/ saytiga tashrif buyuring yoki bizni LinkedIn, Telegram va Instagram da kuzatib boring..